Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mask: «Harris prezident bo‘lsa, qamalaman»

Mask: «Harris prezident bo‘lsa, qamalaman»

Foto: Izvestiya

Amerikalik multimilliarder Ilon Mask, AQSh prezidentligi uchun saylovda Demokratik partiya nomzodi Kamala Harris g‘alaba qozonsa, qamoqqa tushishidan xavotirda.

Jurnalist Taker Karlson bilan bilan suhbatda tadbirkor o‘z xavotirini ochiqlab, shunday bo‘lgan taqdirda necha yilga qamalishim mumkin deb qarshi savolni o‘rtaga tashladi.

Maskning xavotirlarida qaysidir ma’noda asos bordek, chunki demokratlarning bog‘iga tinmay tosh otib keladi.

Sentyabr oyidagi bayonotida u AQSh Demokratik partiyasini «jinoyatchilar koalitsiyasi» deya ta’riflagandi. Maskning fikricha, jinoyatchilar ko‘pincha demokratlarga ovoz berishadi, shu bois o‘z elektoratidan ayrilmaslik uchun partiya ularga yumshoq munosabatda bo‘lib keladi. Qolaversa, Amerika demokratlarini avtoritarizm tarafdorlari degan ham aynan Mask.

23-sentyabrdagi bayonotida Mask demokrat bo‘lmagani uchun AQSh prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Xarris tomonidan «jazolanishini» aytgandi. Hozirgi saylovoldi poygasida Ilon Mask Donald Trampni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlamoqda.

7-oktyabr kuni esa Mask Harrisning aqliy salohiyatini shubha ostiga olib, uzoqni ko‘ra olmaydi degandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring