Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mask va Sukerberg to‘qnashuvida favorit kimligi ma’lum qilindi

Mask va Sukerberg to‘qnashuvida favorit kimligi ma’lum qilindi

Yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes Mark Sukerbergni Ilon Maskga qarshi ehtimoliy jang uchun favorit deb hisoblashini aytdi. 

Bu haqda «Grosvenor Sport yozmoqda.

«Bunaqa to‘qnashuvlar xarakter talab qiladi. Vaziyatni hisobga olsak, Sukerberg Maskdan yaqqol ustundir», dedi Mendes.

21-iyun kuni Meta kompaniyasi Tvitterning o‘ziga xos analogini yaratayotgani haqidagi xabardan so‘ng Ilon Mask Mark Sukerbergni MMA bo‘yicha jangga chorladi.

Raqib bu taklifni qabul qildi va jang vaqti, joyini so‘radi. Bunga javoban Mask Las-Vegasdagi oktagonda uchrashishni taklif qildi.

Jang sanasi hali aniqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring