Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masofadan ishlash uchun eng yaxshi shahar nomi e’lon qilindi

Masofadan ishlash uchun eng yaxshi shahar nomi e’lon qilindi

Shveysariyaning International Workplace Group (IWG) kompaniyasi tomonidan tuzilgan Anywhere Barometer reytingiga ko‘ra, Yaponiya poytaxti 2025-yilda masofaviy ish va dam olishni birlashtirgan eng yaxshi shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Tokio tezkor interneti, rivojlangan transport infratuzilmasi, xavfsizligi, rang-barang madaniy hayoti va yaqinda masofadan turib ishlaydigan xorijliklar uchun maxsus vizalar joriy etilgani tufayli birinchi o‘rinni egalladi. Shaharning reytingda yuqori o‘rin egallashiga uning tog‘lar, plyajlar va milliy bog‘larga yaqinligi ham ta’sir ko‘rsatdi. 

Yaponiya poytaxtidan tashqari, Rio-de-Janeyro, Budapesht, Seul, Barselona, Pekin, Lissabon, Rim, Parij va Valetta ham kuchli o‘ntalikka kirdi. 

Shaharlar iqlimi, internet tezligi, moslashuvchan ish joylari mavjudligi, tabiiy hududlarga yaqinligi, chet ellik masofaviy ishchilar uchun vizalarning mavjudligi va narxi kabi 12 ta mezon asosida baholandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring