Maykl Jeksonning otasi shifoxonaga yotqizildi
Mashhur xonanda Maykl Jeksonning otasi, 89 yoshli prodyuser Jo Jekson saraton sababli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar qilmoqda.
Aytilishicha, Jeksonda oshqozon osti bezi saratoni bo‘lib, kasallik so‘nggi bosqichga yetib kelgan.
1960-yillarda Jo Jekson o‘g‘illaridan tashkil topgan «Jackson 5» guruhi bilan ishlay boshlagan. Maykl Jekson otasining juda qattiqqo‘l ekanini, konsertlar oldidan repetitsiya qilish jarayonida otasidan kaltak yeganlarini aytgan edi. Ammo Maykl aynan otasining qattiqqo‘lligi uning musiqiy faoliyatida katta rol o‘ynaganini ta’kidlagan.
Shunga qaramay Maykl Jekson hayotining so‘nggi yillarida otasi bilan gaplashmagan va o‘z vasiyatida ham uni tilga olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter