Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymun chechagi 39 mamlakatda qayd etildi — JSST favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Maymun chechagi 39 mamlakatda qayd etildi — JSST favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Foto: «Getty Images»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi tarqalishining jahon hamjamiyatiga ta’sirini baholash uchun favqulodda qo‘mitani yig‘adi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi.

Reuters aniqlik kiritishicha, yig‘ilish 23-iyunga belgilangan bo‘lib, ayni paytda koronavirus va poliomiyelitga nisbatan qo‘llanilayotganga teng yuqori darajadagi ogohlantirish hisoblanadi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda maymun chechagi bo‘yicha 39 mamlakatda 1600 ta tasdiqlangan, 1500 ta shubhali holat aniqlangan,  72 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring