Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymunlar egizak chaqaloqlarni o‘g‘irlab, ulardan birini o‘ldirishdi

Maymunlar egizak chaqaloqlarni o‘g‘irlab, ulardan birini o‘ldirishdi

Foto: «Overbetting.ru»

Hindistonning Tamilnad shtati Tanjavur shahrida yovvoyi maymunlar yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlarni o‘g‘irlab ketishib, ulardan birini o‘ldirishdi. Bu haqda «The Times of India» xabar bermoqda.

Hodisa bolalarni qisqa vaqt qarovsiz qoldirganda sodir bo‘lgan: otasi ishga ketgan, onasi esa hovlidagi hojatxonada bo‘lgan. Bir nechta maymun tomni teshib, ichkariga kirgan va go‘daklarni olib ketgan. Shovqinni eshitgan ona jon holatda uyiga shoshilgan, ammo hayvonlar allaqachon qochib ketishgandi.

Ayol tashqariga yugurib chiqib, tomda egizaklardan birini ushlab turgan maymunga ko‘zi tushdi. Bir nechta odam o‘g‘irlangan go‘dakka yordam berishga shoshildi, maymunni haydashdi va bolani ehtiyotkorlik bilan yerga tushirishdi. Afsuski, egizaklarning ikkinchisini qutqarib qolisholmadi. Keyinroq sakkiz kunlik qizchaning jasadi ariqdagi suvdan chiqqan.

Voqea joyiga o‘rmon xo‘jaligi vakillari yetib kelishgan. Ular maymunlarni ushlashga urinib ko‘rishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring