Meksikada kuchli zilzila yuz berdi
Meksika g‘arbidagi Michoakan shtati hududida 7,4 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda Meksika milliy seysmologiya xizmati Twitter orqali bergan xabar berdi.
Yer qimirlashi oqibatida Meksikadagi ogohlantirish signallari ishga tushib ketgan, o‘n minglab odamlar o‘z uylari va ishxonalaridan qochib chiqishgan.
Reuters xabar berishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 13:00 lar atrofida yuz bergan. AQSh geologiya xizmati Michoakan va Kolima shtatlari chegarasida, 15 kilometr chuqurlikda yuz bergan yer silkinishi kuchini 7,6 balli, deya baholadi.
Zilzila yetkazgan zarar haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
E’tiborli tomoni, yer osti silkinishi zilzilaga qarshi harakatlanish bo‘yicha keng ko‘lamli mashg‘ulotlar boshlanganiga bir soat bo‘lmasidan yuz bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter