Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada yashirin qabrlar topilmoqda: ularga kimlar dafn etilgan?

Meksikada yashirin qabrlar topilmoqda: ularga kimlar dafn etilgan?

Foto: «Daily Mail»

Meksikaning Guanaxuato shtatida politsiyachilar pinhona ko‘mib yuborilgan 59 kishining jasadini topishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

«Turli joyda yashirincha dafn etilgan 59 kishining murdasini topdik. Qidiruvni davom ettiramiz», — dedi bedarak yo‘qolganlarni qidirish bo‘yicha komissiya vakili. Topilgan murdalarning aksariyati o‘smirlarga tegishli ekanligi hamda o‘n nafar ayolning jasadi chiqqanligi aytilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, umumiy qabrda mahalliy uyushgan jinoyatchilar — narkokartel to‘dalarining qurbonlari qoldiqlari bo‘lishi mumkin.

Oktyabrning boshlarida do‘konlardan birida noma’lum kimsalar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan meksikalik 24 yoshli model Yeseniya Alvaradoning murdasi topilgani to‘g‘risida xabar bergandik. Alvaradoning murdasidan tashqari qabrdan yana kamida olti kishining qoldiqlari chiqqan. Murdalarning shaxsini aniqlash uchun DNK-ekspertizasini o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Politsiya ommaviy qabr topilgan yer egalarini qo‘lga olishgan. Ular narkokartellar bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

May oyida ommaviy axborot vositalarida Meksikaning Xalisko shtatidagi fermalardan birida odamlar ommaviy dafn etilgan qabr topilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ferma El-Salto munitsipaliteti La-Pedrera manzilgohida joylashgan. Qidiruv ishlari natijasida kamida 25 kishining jasadi topilgan. Bundan tashqari, ularning yonida beshta qop ham chiqqan. Ularning ichida ham odam qoldiqlari bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring