Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Merkel ayiqchasi taqdim etildi: bu o‘yinchoq bolalar uchun emas

Merkel ayiqchasi taqdim etildi: bu o‘yinchoq bolalar uchun emas

Foto: «Welt»

Germaniyaning Koburg shahridagi o‘yinchoq ayiqlar fabrikasi Germaniya kansleri Angela Merkel lavozimidan ketgan taqdirda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan 189 yevrolik kolleksion buyumni taqdim etdi. Bu haqda Welt nashri xabar bermoqda.

Tarixiy zavod ko‘pincha mashhur shaxslarga bag‘ishlangan o‘yinchoqlar ishlab chiqaradi. Avvalroq AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama, Teodor Ruzvelt va Avraam Linkoln, shuningdek, Germaniya kanslerlaridan biri Gelmut Shmidt va Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ayiqchalari paydo bo‘lgan.

Fabrika direktori Martin German o‘yinchoqlar bolalar uchun emas, balki san’at asari sifatida yaratilganini izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 500 dona ayiq ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulardan biri frau Merkelning shaxsan o‘ziga yetkaziladi.

Sentyabr oyi o‘rtalarida Germaniyada kansler Merkel boshi shaklidagi shirinliklar sotila boshlandi. Bunday konfetlardan jami 500 ga yaqin ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring