Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Merkel Yevropadagi qishki kurortlarni yopishga va’da berdi

Merkel Yevropadagi qishki kurortlarni yopishga va’da berdi

Foto: «Theepochtimes.com»

Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropadagi barcha tog‘-chang‘i kurortlarini yopish to‘g‘risida hamkasblari bilan kelishib olishga va’da berdi, deb yozadi «T-Online» nashri.

«Biz barcha tog‘-chang‘i kurortlarini yopish bo‘yicha Yevropa mamlakatlari bilan kelishib olamiz. Afsuski, bu Avstriya pozitsiyasi tufayli oson bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi u. Merkelning fikricha, hozircha cheklovlarni yumshatib bo‘lmaydi. U Berlin o‘z fuqarolarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga va’da bergan.

RBKning qayd etishicha, avvalroq Avstriya moliya vaziri Gernot Blyumel tog‘-chang‘i kurortlarini yopishdan bosh tortgan. U Yevropa ittifoqi ushbu sohadagi zararni qoplashiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda. Fransiya va Italiya hukumati kurortlar yopilishini allaqachon e’lon qilib bo‘lishgan.

Noyabrning boshida JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus oktyabrda koronavirusga chalinganlar soni pandemiyaning birinchi yarim yilligi ko‘rsatkichlaridan oshib ketganligini e’lon qildi.

«Butun Yevropa va Shimoliy Amerikada shifoxonalar va intensiv terapiya bo‘limlari bemorlar bilan to‘lishda davom etmoqda», — deya ta’kidlagan u.

Yangi turdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi tarqalishi ilk bor 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. 11-mart kuni JSST pandemiyani e’lon qildi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 60 million kishini tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring