Meros talashgan aka va singil asrandi bo‘lib chiqdi

Xitoyning Tyanszin shahrida 420 ming dollar merosni talashgan aka va singilning ikkisi ham asrandi farzand bo‘lib chiqdi.
Ota o‘limidan oldin o‘g‘liga uch xonali uyni vasiyat qilib qoldirgan, evaziga o‘g‘il singlisiga «yaxshiroq haq to‘lash»ga va’da bergan.
Biroq singil akaning taklifiga ko‘nmay, haqini undirish uchun sudga beradi. Sud hujjatlarni tekshirish jarayonida merosxo‘rlarning hech biri marhum ota-onaning biologik farzandlari emasligini aniqladi...
Sudya tushuntirishicha, asrab olinganlik merosga teng huquq berdi, biroq uy o‘g‘il nomiga 2007 yilda rasmiylashtirilgani uchun uni bo‘lish mumkin emas. Uzoq sur-surlardan so‘ng, nihoyat, tomonlar murosaga keldi: uy o‘g‘ilda qoldi, badaliga singlisiga 77 ming dollar to‘laydi.
Uy o‘g‘ilga, pul singilga o‘tdi, ammo ota qabrda tinch yotarmikan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter