Milandagi qariyalar uyida yuz bergan yong‘inda 80 dan ortiq kishi jarohat oldi

Italiyaning Milan shahridagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 80 dan ortiq kishi jabrlandi. Bu haqda RaiNews telekanali xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan 01:20 atrofida sodir bo‘lgan. Uch qavatli tibbiyot muassasasida 160 dan ortiq odam bo‘lgan, ulardan 81 nafari kasalxonaga yotqizilgan, kasalxonaga yotqizilgan ikki kishining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida besh ayol va bir erkak bor. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in xonalardan birida boshlangan. Yong‘in yuzasidan tergov boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter