Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarder Fridman: «Sanksiyalar tufayli farrosh ishlatishga ham pulim yo‘q»

Milliarder Fridman: «Sanksiyalar tufayli farrosh ishlatishga ham pulim yo‘q»

Foto: Pavel Golovkin/Pool/AFP/Getty Images

«Alfa-bank» asoschisi, rus milliarderi Mixail Fridman «Bloomberg»ga bergan intervyusida Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilganidan so‘ng Londondagi uyini toza saqlash bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanishga majburligini aytdi.

Plastik kartalari bloklangan, naqd puli yo‘q.

«Uyimni o‘zim tozalashga kirishaman, shekilli. Yaxshiyam talabalik chog‘im to‘rt talaba bir xonada yashaganmiz. O‘sha tajriba 35 yildan keyin asqotadi deb o‘ylamagandim», — hazillashdi tadbirkor.

Biroq buyog‘iga nima bo‘ladi, boshi qotgan. «Endi qanday yashayman. Bilmayman. Chindan ham bilmayman», — dedi Fridman.

Rus milliarderining aytishicha, G‘arb sanksiyalarining RF rahbariyatiga ta’siri juda past.

«Agarda Yevroittifoq vakillari sanksiyalar oqibatida men Putinning oldiga borib urushni to‘xtatishni so‘rashimni va buni samarali usul deb o‘ylashayotgan bo‘lsa, bu barchamiz uchun katta muammo. Bu shuni anglatadiki, bunday qarorlarni qabul qiluvchilar Rossiya qanday tuzilganini tushunishmaydi», — dedi Fridman.

«Bloomberg» ma’lumotiga ko‘ra, fevral oyining o‘rtalarida Mixail Fridmanning shaxsiy boyligi $14 milliardga baholanayotgandi. Bir oy ichida uning boyligi $10 milliardgacha pasaydi. 15 mart kuni, Yevropa ittifoqidan so‘ng, Buyuk Britaniya ham rus oligarxini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Ushbu mamlakatlar hududlaridagi uning vosita va aktivlari bloklandi, o‘ziga esa YI hududiga kirish taqiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring