Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarderning nomidan ish qilayotgan firibgarlar fosh bo‘ldi

Milliarderning nomidan ish qilayotgan firibgarlar fosh bo‘ldi

Foto: «Celebitchy.com»

Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott nomidan firibgarlar qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarning mablag‘larini o‘g‘irlashgan, deb yozadi «The New York Times» gazetasi.

Unda autizmdan qiynalayotgan o‘g‘li uchun mablag‘ga muhtoj bo‘lgan Daniel Cherchill bilan bog‘liq voqea hikoya qilinadi. Dastlab, u kraudfanding orqali pul yig‘ishga urinib ko‘rgan, biroq bu yo‘l bilan kerakli mablag‘ning ozgina miqdorini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lum vaqtdan so‘ng ayolga «Makkenzi Skott»dan elektron maktub kelib tushgan. Unda milliarder ayol boyligining yarmini xayriya ishlariga sarflayotgani va Cherchill grant oluvchilar qatorida bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Pul olish uchun MacKenzie Scott Foundation tashkilotining maxsus formasini to‘ldirish va Investors Bank and Trust kompaniyasida onlayn hisob raqamini ochish taklif qilindi.

Cherchill fond uning nomiga ochilgan hisob raqamga 250 ming dollar o‘tkazganini ko‘rgan, ammo Avstraliyada bo‘lganligi sababli mablag‘ni ishlatishdan oldin soliq raqami uchun ariza berish va tegishli to‘lovlarni to‘lash kerakligi aytilgan.

Keyinchalik ayol yuqoridagi kompaniyalar mavjud emasligini, ular bilan bog‘liq Internet sahifalar esa soxta ekanligini tushunib yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring