Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Millioner pensioner butun mol-mulkini qariyalar uyiga meros qoldirdi

Millioner pensioner butun mol-mulkini qariyalar uyiga meros qoldirdi

Foto: «Liberta daily»

Italiyada COVID-19 tufayli vafot etgan 87 yoshli pensioner mahalliy qariyalar uyiga uch million yevro meros qoldirdi, deya xabar beradi «Liberta daily».

Qayd etilishicha, Karlo Chezare Badanyani ismli Pyachensa fuqarosi butun umr bank xodimi bo‘lib ishlagan. O‘tgan bahorda — pandemiyaning birinchi to‘lqini paytida u koronavirusga chalinib qoldi va hayotdan ko‘z yumdi.

Bir necha oydan so‘ng marhumning uyidan vasiyatnoma yozilgan kichik bir qog‘oz topildi. Naqd puldan tashqari, obligatsiyalar va oltita kvartiraga ega katta uyi ham vasiyatnomaga kiritilgan.

Badanyanini yaxshi bilganlar «Piacenza» nashriga uning juda mehribon, quvnoq va saxiy inson bo‘lganligini gapirib berishdi. Ular nafaqaxo‘r qoldirgan merosni «altruizmning yorqin namunasi» deb atashdi.

(Tahr.: altruizm — o‘z manfaatlaridan voz kechib boshqalarga yaxshilik qilish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish; egoizmning aksi)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring