Ruminiya milliy banki folbinni ishga oldi
Ruminiya milliy banki mamlakatdagi taniqli folbin — Minervani ishga oldi. Bu haqda «Adevarul» portali xabar berdi.
Milliy bank rasmiylari ham xabarni tasdiqlashdi. Aniqlik kiritilishicha, folbin direktorning kotibi vazifasini bajaradi. Uning vazifasi bankka ma’muriy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat.
Folbin (Minerva)ning o‘zi ham bankka ishga olinganini tasdiqlagan. «Afsuski, endi folbinlik qilolmayman, biroq bu hech nasani anglatmaydi», — ta’kidladi u. Uning aytishicha, podkastlar (audiodasturlar) bilan shug‘ullanmoqchi. Bu Milliy bankdagi ishi bilan qanchalik bog‘liq — ochiqlamagan.
Minervaning asl nomi — Gabriela Dima. U 64 yoshda. O‘zining aytishicha, 50 yildan beri astrologiya bilan shug‘ullanib kelgan.
Mahalliy OAV yozishicha, Minerva huquq, aktyorlik va psixologiya sohalarida diplomga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter