Misrda 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Misr sudi zo‘ravonlik va qotillikda ayblanayotgan 11 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkumlar 2015 yili Misr g‘arbida politsiya avtomobilini o‘qqa tutishgan. Buning oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 4 kishi yaralangan edi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha «Delta an-Nahl» sudi bugun zo‘ravonlik va qotillikda ayblanayotgan 11 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi.
Bugungi sud jarayonida ayblanayotgan 11 kishidan 4 nafari qatnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter