Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gorbachyov o‘lim to‘shagida ekani tasdig‘ini topmadi

Gorbachyov o‘lim to‘shagida ekani tasdig‘ini topmadi

Sobiq Sovet Ittifoqining birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyovning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani bo‘yicha xabar tarqaldi. 

Gorbachyovning yordamchisi News.ru nashriga siyosatchining ahvoli bo‘yicha ma’lumot bergan. 

«Aniq aytishim mumkin, Mixail Sergeyevich hali yashaydi», - deydi siyosatchining yordamchisi. U hozirda Markaziy klinik shifoxonasida qolmoqda. Bemorning buyraklarida muammolar mavjud, lekin shifokorlarga ko‘ra,  bu o‘limga olib keladigan holat emas. Hozirda sobiq rahbar muolajalarni davom ettirmoqda. 

O‘n kuncha avval Gorbachyovga yaqin rasmiylar, uning buyrak xastaligidan aziyat chekayotganini ochiqlagan. 

Eslatib o‘tamiz, bu yil M.S,Gorbachyov 91 yoshni qarshi olgan. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring