Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mixail Saakashvili polshalik shifokorlar tomonidan tekshirildi

Mixail Saakashvili polshalik shifokorlar tomonidan tekshirildi

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskining tavsiyasiga ko‘ra, bir guruh polshalik shifokorlar Gruziyaning sobiq prezidentini keng qamrovli ko‘rikdan o‘tkazishni boshlaganini ma’lum qildi, deb yozadi «Ukrainska pravda».

Siyosatchining advokati Dito Sadzaglishvili ham yarim yil avval Yevropa Ittifoqi tomonidan yuborilgan shifokorlar guruhiga qamoqdagi Saakashvilini ko‘rishga ruxsat berilgani haqida xabar bergandi.

«Olti oylik kechikishdan so‘ng hukumat nihoyat shifokorlarga Mixail Saakashvilini kasalxonaga yotqizishga ruxsat berdi. Yevropa Ittifoqi tomonidan tibbiy missiya tashkil etilgan. Ular uning ahvolini o‘rganmoqdalar va keyin o‘z xulosalarini chiqaradilar», dedi advokat.

Saakashvilining sog‘lig‘iga bo‘lgan xavotir o‘tgan hafta u onlayn sud majlisida zaif va ozib ketgan holda qatnashganidan keyin kuchaydi.

Avvalroq mustaqil shifokorlar Gruziyaning sobiq prezidenti qamoqda o‘tirgan paytda paydo bo‘lgan kasalliklardan o‘lishi mumkinligini aytishgan edi. Gruziya rasmiylari esa Saakashviliga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Saakashvili 2021 yilgi mahalliy saylovlar arafasida Gruziyaga qaytganidan beri hibsda saqlanmoqda va uning sog‘lig‘i so‘nggi paytlarda sezilarli darajada yomonlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring