Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva birjasi dollar va yevroda savdolarni to‘xtatdi

Moskva birjasi dollar va yevroda savdolarni to‘xtatdi

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Moskva birjasi chorshanba kuni AQSh G‘aznachiligi uni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shganidan keyin dollar va yevroda savdoni to‘xtatishini e’lon qildi.

Shuningdek, Rossiya valyuta bozorida dollar savdosida vositachilik qiluvchi Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysi ham sanksiyalarga tortildi.

Birja xabarida keltirilishicha, 13-iyundan boshlab «Valyuta bozori va qimmatbaho metallar bozorida AQSh dollari va yevro mustasno holatda barcha instrumentlar bo‘yicha savdolar amalga oshirilmoqda».

Xuddi shunday cheklovlar AQSh dollari va yevroda hisob-kitob qilingan derivativ vositalar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘xtatilgan fond va pul bozorlariga ham tatbiq etiladi.

Rossiya Markaziy banki birjadan tashqari bozorda dollar va yevro bilan operatsiyalarni amalga oshirishda davom etishini qayd etdi.

«Kompaniyalar va jismoniy shaxslar Rossiya banklari orqali AQSh dollari va yevroni sotib olish va sotishda davom etishlari mumkin. Fuqarolar va kompaniyalarning hisobvaraqlari va depozitlaridagi AQSh dollari va yevrodagi barcha mablag‘lar xavfsiz bo‘lib qolmoqda. Fuqarolar va tashkilotlarning AQSh dollari va yevrodagi omonatlari va hisobvaraqlari uchun Rossiya banki tomonidan o‘rnatilgan mablag‘larni chiqarishning avvalgi tartibi saqlanib qoladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring