Moskva muftiysi Ramazon hayiti bo‘yicha xabarlarga aniqlik kiritdi
Rossiya poytaxti Moskva shahri muftiysi Ildar Alyautdinov poytaxt hukumati musulmonlarga Ramazon hayiti kuni «uyda bayram namozini o‘qishni» tavsiya qilgani haqidagi ma’lumotni soxta deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma jarayon odatdagidek davom etadi.
«Kechagi ma’lumotlar jamiyatimizda qandaydir nizo qo‘zg‘atishga qaratilgan soxta ma’lumotlar, hammasi odatdagidek», - dedi Alyautdinov RBKga.
Moskva nashrlari poytaxt ma’muriyati hayit kuni provokatsiyalardan xavotirlanayotgani haqida yozgan.
O‘tgan yili Ramazon hayiti namozi Moskvadagi to‘rtta jome masjid, «Sokolniki» xiyoboni hamda Texnik sport turlari markazida 400 ming musulmon ishtirokida ado etilgan.
Bu yilgi Ramazon hayiti 10 aprelga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter