Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada katta terakt sodir bo‘ldi

Moskvada katta terakt sodir bo‘ldi

Rossiya ommaviy axborot vositalari Moskvadagi «Krokus Siti Xoll»da terakt sodir etilgani haqida yozmoqda.

Hozirgacha nimalar ma’lum:

  • Voqea «Piknik» guruhi konserti arafasida sodir bo‘lgan, deb xabar berdi «112» telegram-kanali.
  • 50 dan ortiq odam jarohat olgan, qurbonlar soni 10 dan ko‘pligi aytilmoqda.
  • TASS operativ xizmatlarga asoslanib ma’lum qilishicha, «Krokus Siti Xoll»da otishma bo‘lgan, odamlar evakuatsiya qilinyapti.
  • Guvohlarga ko‘ra, erkak kishi avtomatdan o‘q uzgan.
  • Ayni paytda «Krokus Siti Xoll» binosi yonmoqda, uning usti qora tutun bilan qoplangan.
  • TASS «Krokus Siti Xoll»da portlash sodir etilganini ma’lum qildi.
  • Kamuflyajli kamida uch nafar shaxs «Krokus Siti Xoll»da o‘q uzgan — RIA Novosti.
  • «Krokus Siti Xoll»ga Moskva SOBR va OMON kuchlari yuborilgan.
  • O‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirishni boshlay olishmayapti — maxsus kuchlarni kutishyapti.

Hozirda Moskvada mobil aloqa keskin yomonlashgani aytilmoqda — Tele2, Megafon, Bilayn, MTSda uzilishlar. Bundan tashqari, xabarlarga ko‘ra, Rossiya bo‘ylab Telegram faoliyatida katta uzilishlar bo‘lmoqda.

To‘ldirilgan xabar! So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yaqinlashgan. Evakuatsiya qilinishga ulgurmagan 100 ga yaqin inson yong‘in sodir bo‘lgan konsert zalidan chiqolmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring