Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada kutilmaganda 30 dan ortiq reys bekor qilindi

Moskvada kutilmaganda 30 dan ortiq reys bekor qilindi

Moskva aeroportlarida bugun, 18 iyun kuni 30 dan ortiq reys bekor qilindi va kechiktirildi.

Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan 16:20 holatiga ko‘ra, Vnukovo aeroportida 10 ta reys kechiktirildi, yana oltitasi bekor qilindi. Sheremetevo aeroportida oltita reys kechiktirildi. Domodedovo aeroportida 10 ta reys kechiktirildi, yana ikkitasi bekor qilindi.

Havo bandargohlarida parvozlarning kechiktirilishi va bekor qilinishi sabablari haqida xabar berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring