Moskvada kutilmaganda kelgan ofat bir odamni halok qildi (video)
Moskva meri Sobyaninning ma’lum qilishicha, kuchli shamol oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan.
«O‘n kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan. Bir kishi vafot etdi. Jabrlanganlarga hamdardlik bildiraman», — deydi u.
Shahar hokimining ta’kidlashicha, vaziyat ancha murakkab, chunki shamolning tezligi soniyasiga 25 metrga yetadi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shahar xizmatlari dovul oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda va odamlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.
Yakshanba kuni Moskvada kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lgan. Shaharning ko‘p joylarida kuchli shamol esgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter