Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada qo‘poruvchilik harakati to‘xtatib qolingani aytilmoqda

Moskvada qo‘poruvchilik harakati to‘xtatib qolingani aytilmoqda

RBK – Rossiyaning yirik media xolding kompaniyasi rasmiy telegramm kanalidan «Ukraina Xavfsizlik xizmati agenti qo‘lga olindi» degan video tarqatildi.

Bunda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskva atrofidagi tumanlardan birida Ukraina raqamidagi mashinani boshqarib kelayotgan erkak iziga tushadi. Mashina to‘xtagan joyda 4 nafar maxsus kiyimdagi xodimlar uni tezkorlik bilan mashinadan tushirib qo‘llarini qayirishadi, kishan solishadi.

Keyingi kadrlarda mashinani maxsus moslama bilan tekshirilayotgani va yashiringan ikkita «Igla» zenit-raketasini topganlari aks etgan. 

Telegramm kanal bahs-munozarasida o‘rinli savollar tashlangan: «Ukrainadan Moskvagacha raketa yetib kelgan bo‘lsa, chegaralarimiz mustahkamligi shu qadarmi?», «Ukraina raqamidagi mashinada raketa!» kinoya qiladi boshqasi.

«Hatto Hindiston filmlarida ham mubolag‘a bunchalik emas» kulgudan ko‘z yoshlari sizgan smaylikni qo‘ygan yigit. 

Ammo «La’nati!», «Xavfsizlik xizmati, barakalla!» degan izohlar ham uchraydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring