Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi

Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi

Rossiyada sud Crocus City Hall’dagi terakt ishi bo‘yicha yana uch nafar ayblanuvchi – Dilovar, Isroil va Aminchon Islomovlarni hibsga oldi.

Qiziq tomoni, Rossiyaning OAVining yozishicha ular bir oila a’zolari, ota va bolalar sanaladi. Hozirda ular terakt ijrochilariga Renault avtomobilini berishda ayblanmoqda. 

Ayni damda teraktda bevosita ayblanib Mirzoyev Dalerjon Barotovich, Saidakrami Murodali Rajabalizoda, Shamsidin Faridun hamda Muhammadsobir Fayzovni hibsga olindi.

Qo‘lga olinganlarga terrorizmda ayblov qo‘yilgan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi). Jinoyat kodeksining ushbu moddasi bo‘yicha eng yuqori jazo umrbod ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, 23-mart kuni, terakt sodir etilganidan bir kun o‘tib teraktda gumonlanib to‘rt shaxs qo‘lga olingandi. Rossiya tergov qo‘mitasi jami 11 kishi ushlanganini bildirgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring