Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvaga yana dron hujumi uyushtirildi

Moskvaga yana dron hujumi uyushtirildi

Rossiya Mudofaa vazirligi 18 avgustga o‘tar kechasi Moskvaga dron hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma Moskva vaqti bilan soat 04:00 atrofida Moskva va Moskva viloyatida joylashgan ob’yektlarga hujum qilishga uringan. Dron havo mudofaasi  yordamida urib tushirilgan va Krasnopresnenskaya qirg‘og‘idagi noturarjoy binosiga qulagan. Hodisa natijasida qurbonlar va yong‘inlar yo‘q, deya ta’kidlanadi.

Moskva meri Sergey Sobyaninga ko‘ra, uchuvchisiz qurilma havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan. Natijada Ekspomarkaz pavilonlaridan biri qisman shikastlangan. Ayni damda shahar favqulodda xizmatlari dron qulagan joyda ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring