Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvani suv bosdi: shaharga rekord darajada yog‘ingarchilik tushdi

Moskvani suv bosdi: shaharga rekord darajada yog‘ingarchilik tushdi

26 iyul, chorshanba kuni Moskvada so‘nggi ikki yuz yil ichida yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatgan yomg‘ir yog‘di. Rossiya poytaxti ko‘chalari suvga g‘arq bo‘lmoqda.

Bir necha soat ichida Moskvada 46 mm yog‘ingarchilik yog‘di. Bu 1894 yilda o‘rnatilgan avvalgi ko‘rsatkichdan o‘zib ketgan rekord ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi Moskva shahar ma’muriyati.

Ta’kidlanishicha, ba’zi hududlarda ko‘chalarni suv bosgan, suv sathi yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobillar oynasigacha yetgan.

Departamentning qo‘shimcha qilishicha, moskvaliklar yaqin kunlarda kuchli yomg‘ir to‘xtashini kutmasliklari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring