Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Munosabatlar keskinlashganda: Shimoliy Koreya yangi taktik qurolni sinovdan o‘tkazdi

Munosabatlar keskinlashganda: Shimoliy Koreya yangi taktik qurolni sinovdan o‘tkazdi

Foto: Yonhap.

Shimoliy Koreya yangi taktik qurolni sinovdan o‘tkazdi. Koreya markaziy telegraf agentligi  ma’lumotlariga ko‘ra, sinov muvaffaqiyatli bo‘lgan. Sinovda KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan ishtirok etgan.

«Taktik qurolning yangi turi... uzoq masofaga otiladigan ilg‘or artilleriya bo‘linmalari quvvatini va taktik yadroviy raketalarning samaradorligini sezilarli darajada oshirish uchun zarurdir», deyiladi agentlik hisobotida.

Foto: Yonhap.

Kim Chen In KXDRning mudofaa qobiliyatini oshirish va yadroviy kuchlarni rivojlantirishni buyurgan.

Mazkur sinov fonida Janubiy Koreya tomoni Shimol tomonidan Yapon dengiziga snaryadlar otilganini ma’lum qilgan. Ular 25 kilometr balandlik va 110 km uzunlikda uchgan. 

Eslatib o‘tamiz, ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlarga hozirda havas qilib bo‘lmaydi. Avvalroq, Kim Chen Inning singlisi tahdidli bayonot bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring