Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Myunxen sirki jonivorlarning axlatidan pul qilish yo‘lini topdi

Myunxen sirki jonivorlarning axlatidan pul qilish yo‘lini topdi

Foto: «Nastol.com»

Myunxen sirki pandemiya davrida pul ishlab topish yo‘lini topdi: hovlida go‘ng do‘konini ochishdi, deya xabar berdi «MIR 24» telekanali. Xohlagan odam 5 yevro evaziga sher yoki yo‘lbarsning axlatini sotib olishi mumkin.

«Bu tomoshabinlarimizning g‘oyasi. Bizdan ko‘pincha sher, fil va otlarning go‘ngini so‘rashardi. Pandemiya davrida bu yaxshi fikr degan xulosaga keldik. Sher tezagi mushuk va suvsarlarni bog‘ va mashinaga yaqinlashtirmaydi», — deydi murabbiy Martin Leysi.

Foydali mahsulotlar sotiladigan do‘konni shaklidan ham bilib olish qiyin emas. Do‘kon mahsulotlariga talab katta: odamlar axlat tugab qolmasligi uchun tong saharlab yetib kelishmoqda.

Germaniyada yovvoyi hayvonlar — chinakam muammo. Suvsarlar avtomobillarning kapoti ostiga kirib, simlarni uzib tashlaydi. Shunday ekan, kemiruvchi jonivorlarni qo‘rqitadigan o‘ziga xos mahsulotni xarid qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Do‘konga kelishga imkoni yo‘qlar uchun mahsulotni uyga yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Savdodan tushgan mablag‘ esa sirkdagi jonivorlarni parvarish qilishga sarflanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring