Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO bosh kotibi bugun rejadan tashqari matbuot anjumani o‘tkazadi

NATO bosh kotibi bugun rejadan tashqari matbuot anjumani o‘tkazadi

Foto: BelTA

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bugun, 30-sentyabr kuni (Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da) rejadan tashqari matbuot anjumani o‘tkazadi, deb xabar berdi alyans matbuot xizmati.

Anjuman mavzusi xabar qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Rossiya o‘z hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanishi haqidagi ogohlantirishidan so‘ng, Yens Stoltenberg 27-sentyabr kuni bayonot berib, yadro qurolidan har qanday foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, undan foydalanish Rossiya uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi haqida ta’kidlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring