NATO so‘nggi 30 yildagi eng yirik mashg‘ulotlarini o‘tkazyapti
Norvegiyada NATOning so‘nggi 30 yildagi eng yirik mashg‘ulotlari (Cold Response) davom etmoqda.
NATO xabariga ko‘ra, Cold Response mashg‘ulotlari 8 oy avval rejalashtirilgan va Rossiyaning Ukrainaga qarshi harakatlariga aloqasi yo‘q.
Xorij matbuoti xabar berishicha, Madridda iyunda o‘tadigan NATO sammitida Shvetsiya va Finlyandiyaning Shimoliy alyansga a’zo bo‘lish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Bevosita Rossiya chegaralaridagi ushbu mamlakatlarning harbiy-siyosiy blokka qo‘shilishi g‘oyasi ijobatini topsa, NATOning bayrog‘i yangilanadi.
Cold Response mashg‘ulotlari 14-mart kuni boshlangan: 27 mamlakatdan 30 ming harbiy, 220 ta jangovar samolyot, 50 ta kema (ikkitasi aviatashuvchi) va boshqa texnikalar qatnashyapti. 1-aprel sanasida mashg‘ulotlar yakuniga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter