Navalniy Merkelning mehmoni deb rasman tan olindi
Davolanish uchun Germaniyaning «Sharite» klinikasiga yetkazilgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy mamlakat kansleri Angela Merkelning mehmoni deya rasman tan olindi. Bu haqda «ZDF» telekanali xabar bergan.
Telekanal muxbiri Teo Kollning izohlashicha, bu «Rossiya hukumatiga signal emas, balki rossiyalik muxolifatchiga mavjud imkoniyatlardan eng yaxshi himoya taqdim etilganiga ishonch hosil qilish uchun byurokratik tryuk». Germaniya federal ichki ishlar vazirligi bu axborotni tasdiqlagan.
«Uning davlat arbobi emasligi ahamiyatsiz», — deya ta’kidlagan jurnalist. Kollning fikricha, Navalniy joylashgan klinikada nemis politsiyasi kunu tun navbatchilik qilishi Moskva tomon qaratilgan siyosiy bayonot sifatida qabul qilinishi mumkin.
22-avgust kuni muxolifatchi Berlindagi klinikaga yetkazilgan: shifoxona binosiga bir qancha tez yordam va o‘t o‘chirish xizmati mashinalari yetib kelishgan va uni zambilda ichkariga olib kirishgan. Tibbiyot xodimlari bemorning ahvolini barqaror deya baholashmoqda.
20-avgust kuni ertalab Tomskdan Moskvaga parvoz qilayotgan vaqtda Navalniyning ahvoli yomonlashib qolgan. Samolyot Omskda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. U yerdan muxolifatchini tez yordam mashinasida toksikoreanimatsiya bo‘limiga yetkazishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unga «aniqlanmagan psixodisleptikdan zaharlanish» (gallyusinogen) tashxisi qo‘yilgan. Navalniy matbuot kotibining ta’kidlashicha, parvoz kuni u hech nima yemagan, faqat Tomsk aeroporti qahvaxonasida choy ichgan xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter