Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navbat 100 va 200 yevroga

Navbat 100 va 200 yevroga

Foto: «Yle.fi»

Yevropa markaziy banki 100 va 200 yevrolik kupyuralarni yangiladi. Yangi pullar qalbakilashtirishdan yanada yaxshi himoyalangani aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, qog‘oz pullardagi ranglar uyg‘unligi saqlanib qoldi, faqat raqamlarning rangi o‘zgaradi. Raqamlar turli burchaklardan qaraganda ko‘kdan to‘q yashilga o‘zgarib boradi.

Yangi pullardagi suv belgilari orasida antiq mifologiya personaji — Yevropa portretini ham ko‘rish mumkin.

Uch milliard atrofida kupyura chiqarilishi kutilyapti. Eski kupyuralar bekor qilinmaydi. Faqat yaroqsiz ahvolga kelib qolgan pullar iste’moldan chiqarib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada pullarni yangilash bir necha yillardan beri davom etmoqda. Shu paytgacha 5, 10, 20 va 50 yevrolik yangi kupyuralar chiqarilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring