Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda Nazarboyevning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan kitobi sotuvga chiqarildi

Qozog‘istonda Nazarboyevning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan kitobi sotuvga chiqarildi

1 dekabr kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning «Mening hayotim. Tobelikdan erkinlik sari» xotiralar kitobi sotuvga chiqdi. Bu haqda uning maslahatchisi va matbuot kotibi Aydos Ukibay xabar berdi.

Kitobda sobiq prezident hayotining ham siyosiy, ham shaxsiy tomonlari tasvirlangan. Nazarboyev o‘z xotiralarida ikkinchi xotini va undan ikki o‘g‘li borligini tan olgan.

Xotiralarida u qizlariga ham, o‘g‘illariga ham bir xilda munosabatda ekanini yozgan. Qizlarning farzandlarini qozoq xalqi an’anasiga muvofiq o‘z nabirasi deb bilishini uqtirib o‘tgan. O‘g‘illari esa vorisi va familiyasining davomchisi ekanini faxr bilan tilga olgan. Kitobda to‘qqizta otasining nomini keltirarkan, Nazarboyev, o‘g‘illari sulolasining 11-bo‘g‘ini bo‘lishini alohida e’tirof etgan.

Birinchi prezident saytida Nursulton Nazarboyev ellikdan ortiq kitobning muallifi ekani keltiriladi. «Mening hayotim»dan tashqari u Qozog‘istonning sobiq birinchi xotini va birgalikdagi turmushiga ham bag‘ishlab kitob yozgan. Nazarboyevning boshqa kitoblari sovet davridan qolgan an’naga ko‘ra boshqalar tomonidan yozilib, prezident nomidan chop etilgani aytiladi.

Memuar aynan 1 dekabr kuni sotuvga chiqarilgani bejiz emas. Chunki ushbu sana 2012 yildan beri Qozog‘istonda bayram – Birinchi Prezident kuni sifatida nishonlanadi. Ilgari Birinchi Prezident kuni davlat bayrami maqomiga ega bo‘lib, dam olish kuni edi.

O‘tgan yili prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev qonunga o‘zgartirish kiritib, bu sana maqomini o‘zgartirdi. 1 dekabr bayram sifatida qoldi, biroq dam olish kuni bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring