Neft narxi tushishidan milliarderlar qancha zarar ko‘rdi?
«REGNUM» agentligi «Forbes»ga asoslanib xabar berishicha, dunyoning eng boy o‘n kishisi jahon neft bozoridagi inqiroz (narxlarning keskin tushib ketishi) oqibatida bir kun davomida $37,7 mlrd. zarar ko‘rdi.
«LVMH» kompaniyalar guruhi (Fransiya) boshqaruvchisi Bernar Arno 9-mart kuni 6 milliard dollar yo‘qotdi — endi uning boyligi $92,6 mlrd.ni tashkil etmoqda.
Dunyoning eng boy insoni, «Amazon» kompaniyasi asoschisi va rahbari Jeff Bezos esa bir kunda $5,6 milliardidan mosuvo bo‘ldi, uning kompaniyasi aksiyalari besh foizdan ko‘proqqa qiymatsizlandi.
Uorren Baffett («Berkshire Hathaway») $5,4 mlrd., meksikalik tadbirkor Karlos Slim 5 mlrd. yo‘qotdi.
«Qora oltin» bozoridagi tanglikdan Mark Sukerberg («Facebook») $4,2 mlrd., Bill Geyts («Microsoft») $3,8 mlrd, Larri Peyj («Google») $3,3 mlrd., Larri Ellison («Oracle») $1,8 mlrd. zarar ko‘rdi.
Mavzuga oid: «Xayr, milliardlar!»: dunyoning boylari bir haftada $444 mlrd. yo‘qotdi
Eslatib o‘tamiz, «Brent» markali neft bahosi 9-mart kuni 30 foizga pasayib, bir barrel neftning minimal qiymati $31,02 dollargacha tushib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter