Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nemis instruktori 93 yoshli onasi bilan parashyutda sakradi

Nemis instruktori 93 yoshli onasi bilan parashyutda sakradi

Foto: BILD

Berlinlik parashyut sporti bo‘yicha instruktor Luts Birnbax 10 minginchi yubiley sakrashini o‘zgacha nishonlashga qaror qildi va onasini birga sakrashga olib ketdi.

Luts Birnbax 58 yoshda, onasi Mariya-Luiza 93 yoshda. Ular 4 ming metr balandlikdan birga sakrashdi, deb xabar berdi BILD telegram-kanali.

Foto: BILD

Onaxon o‘g‘li bilan tandemda 4-marta parashyutda sakradi. U birinchi sakrashini besh yil avval, 88 yoshida amalga oshirgandi.

Foto: BILD

O‘g‘il onasining 95 yilligida ham parashyutda sakrashga olib borishga va’da berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring