Nensi Pelosi Tayvandan uchib ketdi
AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanni tark etdi. Uning samolyoti Seul (Janubiy Koreya)ga yo‘l oldi.
Pelosining orolga tashrifi 19 soat 20 daqiqa davom etdi. Uning Koreyaga parvozi arafasida AQSh HHKning oltita qiruvchi samolyoti va yonilg‘i quyuvchi uchta samolyoti Okinavadagi Amerika bazasidan janub tomon havoga ko‘tarilgan.
E’tiborli tomoni, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Nensi Pelosining Hind-Tinch okeani mintaqasiga tashrifi davrida (1-5-avgust) ta’tilda bo‘ladi. Ularning uchrashuvi kutilmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter