Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nepalda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan 14 kishi halok bo‘ldi

Nepalda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan 14 kishi halok bo‘ldi

Nepalda ijtimoiy tarmoqlarni bloklash ortidan to‘qnashuvlar ro‘y berdi: politsiya o‘t ochdi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat poytaxtida Katmanduda yoshlar (Z avlodi vakillari) hukumatning Instagram, Facebook, Youtube, X va boshqalar kabi mashhur platformalarni bloklash qaroriga qarshi chiqishdi. 

Mahalliy The Katmandu Post portaliga ko‘ra, Nepal poytaxtidagi parlament binosini norozi zumerlar qurshab olgan. Politsiya suv purkagichlari va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Ular yosh hujumchilarni ortga qaytara olmagach, politsiya o‘t ochdi. 

O‘q-dorilar bilan otishma ko‘plab qurbonlarga olib keldi: taxminan 14 kishi halok bo‘ldi, ulardan ba’zilari kasalxonada vafot etdi. Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan. 

Shaharda komendantlik soati joriy etildi. Mahalliy OAV Katmandudagi norozilik namoyishlarini zumer harakati deb atamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring