Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu Trampning oldida Qatardan uzr so‘radi

Netanyahu Trampning oldida Qatardan uzr so‘radi

Foto: The Times of Israel.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Qatarga hujum sabab uzr so‘rab chiqqani xabar berildi.

Isroil hukumati rahbari Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol-Taniga qo‘ng‘iroq qilib, Isroilning 9-sentyabr kuni Dohaga bergan zarbasi uchun uzr so‘radi. Hujumda Qatar xavfsizlik zobiti va Falastin HAMAS harakatining bir necha a’zosi halok bo‘lgandi. 

Isroilning 12-kanaliga ko‘ra, qo‘ng‘iroq Oq Uydan turib, Netanyaxuning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi chog‘ida amalga oshirilgan, u ham qo‘ng‘iroqda ishtirok etgan. 

Xabar qilinishicha, Netanyaxu Qatar suvereniteti buzilganidan afsusda ekanini bildirgan va qurbonning oilasiga tovon puli to‘lash imkoniyatini ko‘targan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil 9 sentyabr kuni Dohaga zarbalar berdi. Ushbu hujumni, jahon hamjamiyati, jumladan O‘zbekiston ham qoraladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring