Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyaxu G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishning 3 ta shartini aytdi

Netanyaxu G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishning 3 ta shartini aytdi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishning 3 ta shartini sanab o‘tdi.

Isroillik rasmiyga ko‘ra, urush harakatlarining tugashi va hududda tinchlik o‘rnatilishi Falastin jamiyatining deradikalizatsiyasiga bog‘liq. Ya’ni falastinliklar HAMASni qo‘llab-quvvatlashni emas, balki terrorizmga qarshi kurashishni asosiy maqsad qilishlari kerak.

«Maktablar bolalarga hayot o‘limdan ko‘ra qadrliroq ekaniga o‘rgatishlari kerak. Din peshvolari esa yahudiylarni o‘ldirish haqida va’z qilishni bas qilishlari lozim. Falastin fuqarolik jamiyatini shunday o‘zgartirish kerakki, uning xalqi terrorizmni moliyalashdan ko‘ra, unga qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlasin», – deydi u.

Netanyaxu tinchlikning yana ikkita sharti sifatida G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish va XAMASni butunlay yo‘q qilishni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sektor perimetri bo‘ylab vaqtinchalik xavfsizlik zonasini yaratish, shuningdek, hududga qurol-yarog‘ kontrabandasining oldini olish maqsadida G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegarada tekshiruvlar o‘rnatish kerak bo‘ladi.

«Hamas yo‘q qilinganidan keyin G‘azo qurolsizlantiriladi va Falastin jamiyati deradikalizatsiya jarayonini boshlaydi, G‘azo qayta tiklanishi mumkin va Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish haqidagi gaplar haqiqatga aylanadi», – deya xulosa qiladi Netanyaxu.

Eslatib o‘tamiz, Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlarida 7-oktyabrdan buyon G‘azo sektorida 20 mingdan ortiq, jumladan, 8 ming nafar bolalar halok bo‘lgani qayd etildi. 56 mingdan ortiq falastinlik esa jarohatlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring