Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiyada Tramp boshi shaklidagi xavfli dorilar paydo bo‘ldi

Niderlandiyada Tramp boshi shaklidagi xavfli dorilar paydo bo‘ldi

Foto: BBC

Niderlandiyada Tramp boshi shaklidagi xavfli tabletkalar sabab «qizil xavf darajasi» e’lon qilindi.

Niderlandiyada ruhiy salomatlik va giyohvandlik muammolariga ixtisoslashgan institut bozorda paydo bo‘lgan Donald Tramp boshi shaklidagi ekstazi tabletkalari sabab «qizil xavf darajasi»ni e’lon qildi. Olimlar ushbu tabletkalar o‘limga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Utrext shahrida joylashgan Trimbos instituti avgust oyida tekshiruv markazlariga bir nechta shunday tabletkalar kelib tushganini ma’lum qildi. Ularda para-metoksimetamfetamin (PMMA) deb ataluvchi kimyoviy moddaning «juda yuqori» miqdori aniqlangan.

«Ushbu tabletkani hech qachon iste’mol qilmang», — deyiladi institut ogohlantirishida. Qayd etilishicha, ushbu narkotik moddani iste’mol qilish organizmning haddan tashqari qizib ketishiga va buning oqibatida o‘limga olib kelishi mumkin.

Institut tabletkalarning fotosuratlarini ham e’lon qildi. Ularning bir tomonida Trampning yuzi, ikkinchi tomonida esa «Trump» va «NL» yozuvlari tasvirlangan.

Tabletkani qabul qilgandan bir necha soat o‘tib odamda ko‘ngil aynishi, yurak urishining tezlashishi va tirishishlar kuzatilishi mumkinligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring