Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigerda namoyishchilar Fransiya elchixonasiga o‘t qo‘ydi

Nigerda namoyishchilar Fransiya elchixonasiga o‘t qo‘ydi

Kecha, 30 iyul kuni Nigerda namoyishchilar Fransiya elchixonasining binosiga o‘t qo‘yib yubordi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, elchixona eshigi yonib ketgan, politsiya kuchlari olomonni ushlab, ichkariga kirishiga to‘sqinlik qilgan. Namoyishchilar mamlakatdagi xorijiy harbiy bazalarni yopishni talab qilmoqda.

Namoyishda minglab mahalliy aholi qatnashgan. Ular 26 iyul kuni mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritgan harbiylarni qo‘llab-quvvatlashlarini e’lon qilishgvn.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 26 iyul kuni Nigerda harbiylar prezident Muhammad Bazumni hokimiyatdan ag‘darilganini e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring