Nigeriyada jangarilar hayvonot bog‘i direktorini o‘g‘irlab ketishdi
Nigeriya janubidagi hayvonot bog‘iga hujum qilgan jangarilar mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining ukasi bo‘lmish muassasa direktorini o‘g‘irlab ketishdi, deya xabar berdi mahalliy NAN agentligi.
Hujum yakshanba kuni janubiy Edo shtati ma’muriy markazi Benin-Siti shahrida sodir bo‘ldi.
Hujum paytida hayvonot bog‘i direktori Endi Exanire — mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Osagi Exanirining ukasini o‘g‘irlab ketishdi, deb yozadi agentlik.
Hujumchilar hayvonot bog‘ini qo‘riqlayotgan uch nafar politsiyachini o‘ldirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter