Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriyalik bolalarni kim qutqaradi?

Nigeriyalik bolalarni kim qutqaradi?

Foto: UNICEF

Ochlikdan aziyat chekayotgan bolalar soni bo‘yicha Nigeriya jahonda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Aholisi soni (226,8 mln) bo‘yicha jahonda oltinchi, Afrikada birinchi o‘rinda turuvchi ushbu mamlakatda 5 yoshgacha bolalarning 42 foizi (15 mln nafar) bo‘y o‘sishida ortda qolyapti, 83 foizi (30 mln nafar) kamqonlikka chalingan.

Ochlikka mahkum bolalar soni bo‘yicha faqat Hindiston Nigeriyadan oldinda.

Bolalarning qorni to‘ymasligi — ham gumanitar, ham iqtisodiy muammo. YuNISEFning Nigeriyadagi rahbari xavotirlariga ko‘ra, och bolalar «qoloq kattalar»ga aylanadi, chunki ochlikning kognitiv rivojlanishga ta’siri salbiy. Oqibatda jinoyatchilik ko‘payadi, murakkab iqtisodiy sohalarni rivojlantirish uchun bebaho mutaxassislar yetishmaydi.

Nigeriyalik bolalarni qutqarish uchun ularning har biriga $120 dan sarflash zarurligi hisoblab chiqildi. Biroq mamlakat hukumatida buncha pul yo‘q — pandemiya yetkazgan zarar, jahon iqtisodiy inqirozi va global isish keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish bilan ovora.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring