Nikushor Danning va’dasi: saylov o‘tdi, u yutdi — telefon esa jim

Ruminiya prezidenti Nikushor Dan saylanganidan so‘ng fuqarolar bilan aloqa qilish uchun telefon raqamini saqlab qo‘yishga va’da bergandi. Saylov o‘tdi, u yutdi — telefon esa jim.
Dan saylovoldi kampaniyasi chog‘i ruminlarga muammolari bo‘lsa uning WhatsApp raqamiga bemalol qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini aytgandi, deb yozmoqda Gandul portali.
Hozir qo‘ng‘iroq qilishga uringan abonentga avto javob bergich ovozli pochta to‘lib qolgani haqida xabar beryapti. Jurnalistlarning fikricha, bu hukumatning qo‘shilgan qiymat solig‘ini 21 foizga oshirish rejasi bilan bog‘liq, holbuki, Nikushor Dan saylovdan oldin soliqni oshirmaslikka va’da bergandi.
Eslatib o‘tamiz, Nikushor Dan 18-may kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alaba qozongandi. Yevropa Ittifoqi va NATO bilan integratsiyalashuv hamda Ukrainaga yordam ko‘rsatishda davom etish tarafdori hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter