Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel medali sotuvga qo‘yildi — narxi qancha?

Nobel medali sotuvga qo‘yildi — narxi qancha?

Foto: «Naked Science»

Nobel tinchlik mukofoti sohibi, «Novaya gazeta» nashri bosh muharriri Dmitriy Muratovning Nobel medali «Heritage» auksionlar uyi o‘tkazayotgan kimoshdi savdolarida sotiladi.

Auksion 20-iyun kuni Manhettendagi «New York Times» mediamarkazida yakunlanadi. Tushgan barcha pullar xalqaro UNISEF jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Muratovning Nobel medaliga boshlang‘ich 6 250 dollar narx qo‘yilgan, 250 dollar oraliqdagi har bir yangi stavka qabul qilinadi, auksionlar uyi sayti orqali stavka berish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring