Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noma’lum shaxs Arnold Shvarseneggerga qo‘qqisdan hujum qildi (video)

Noma’lum shaxs Arnold Shvarseneggerga qo‘qqisdan hujum qildi (video)

Foto: videolavhadan skrinshot

Gollivud yulduzi, Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarseneggerga Janubiy Afrikaning Sandton shahrida noma’lum shaxs qo‘qqisdan hujum qildi. Bu haqda MK xabar bermoqda.

Taniqli kinoyulduz ushbu shaharga sport musobaqasida hakamlik qilish uchun kelgandi. Muxlislari bilan suratga tushayotgan Shvarseneggerga kutilmaganda bir kishi yugurib kelib orqa tarafidan oyog‘i bilan zarba berdi. Ushbu hodisa tasvirlangan video internetda tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, «Terminator» ushbu zarbadan jarohat olmagan. Uning sog‘lig‘i joyida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring