Kometaga nomi berilgan ayol vafot etdi

Churyumov–Gerasimenko kometasini kashf qilgan Svetlana Gerasimenko 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda olima ayol faoliyat olib borgan Tojikiston milliy fanlar akademiyasining astrofizika institutiga asoslanib RBK xabar berdi.
Svetlana Gerasimenko Ukraina FA bosh astronomiya observatoriyasi xodimi Klim Churyumov bilan birgalikda 1969-yilda kometani kashf qilgan. Kometaga ularning nomi berilgan.
2014-yilda Churyumov–Gerasimenko kometasi sirtiga tarixda birinchi marta Yevropaning «Rozetta» sayyoralararo zondining «Fila» modeli muvaffaqiyatli qo‘ngan edi. «Rozetta» parvoziga start berilgan 2004-yilgi marosimda kometa kashshoflari ham qatnashgan edi. Klim Churyumov 2016-yilda olamdan o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter