Nonushta paytida restoranga yirtqich hayvon kirib keldi (video)
Janubiy Afrikada Sabi-Sand qo‘riqxonasida joylashgan mehmonxona mijozlari nonushta paytida restoranga kirib kelgan leopardni videoga olishdi, deb xabar berdi «Fox News».
Rolik muallifi Erika Vize mehmonxona ayvonida do‘stlari bilan nonushta qilayotgan edi. To‘satdan shu atrofda bo‘lgan maymunlar yirtqich hayvon yaqinlashayotganini bildiruvchi xavotirli tovush chiqara boshlashdi.
Mehmonxona xodimlari leopard yaqinlashayotganda o‘zlarini qanday tutish kerakligini yaxshi bilishadi.
«Shu bois biz xotirjamlikni saqlab, chiroyli jonivorni juda yaqindan tomosha qildik», — deya so‘zlab berdi Vize. Uning aytishicha, sayyohlar ushbu yirik mushukni erta tongda mehmonxona binosining oldida antilopani ov qilayotgan paytda ham ko‘rishgan.
Video tasvirlarda leopardning ayvonga kirib kelgani, restoranning turli joylarida sayr qilgani, ikkinchi qavatga zinadan ko‘tarilgani, mehmonlar va xodimlarning yonidan xotirjam o‘tib ketganini ko‘rish mumkin. So‘ngra yirtqich hayvon mehmonxonani tark etib, butalar orasida g‘oyib bo‘lgan.
«Bu voqea juda kam uchraydi. Bu odamlar va yovvoyi tabiat vakillari tinch-totuv birga yashashi mumkinligiga yaqqol misol, muhimi — xotirjamlikni saqlash», — deydi Erika.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter